Ilm-fan
Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil 28-yanvarda oʻtkazilgan 1-son yigʻilishida chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining B1, B2 hamda C1 darajalari uchun ishlab chiqilgan yangi test spetsifikatsiyalari loyihasi koʻrib chiqilib, kengash aʼzolari tomonidan maʼqullandi hamda yangi test spetsifikatsiyalarini fevral oyidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.
Shu sababli, fevral oyida boʻlib oʻtadigan C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formati oʻzgarmoqda, deya xabar berdi Davlat test markazi axborot xizmati.
Unda quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilgan:
Tinglab tushunish boʻlimi 5 qismga ajratildi. Boʻlimga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
Oʻqish boʻlimida beriladigan badiiy matnlar chiqarib tashlandi.
Leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi 3 qismga ajratildi. Boʻlimga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
Yozish boʻlimida topshiriqlar uchun belgilangan ballar nisbati oʻzgardi: 1-topshiriq uchun 10 ball, 2-topshiriq uchun 15 ball, 3-topshiriq uchun 5 ball tarzida qayta taqsimlandi.
Yangi test sinovi formati va test namunalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
https://dtm.uz/page/test_sinov
https://dtm.uz/page/test_namun...
Ushbu oʻzgarishlar mart oyidan boshlab oʻtkaziladigan test sinovlariga tatbiq etiladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q