Ilm-fan
Oʻtgan yili Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Finlyandiya milliy taʼlim agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Finlyandiya hukumati tomonidan ushbu hamkorlik memorandumida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 million yevro miqdorida mablagʻ ajratildi.
Shuningdek mazkur loyiha rejasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston tomoni bilan kelishish uchun esa qoʻshimcha 55 000 yevro mablagʻ ajratilgan boʻlib, unda fin taʼlim tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurishi, taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishgan holda Taʼlim inspeksiyasi vakillari bilan muhokamalar oʻtkazish orqali loyiha rejasini ishlab chiqishi koʻzda tutilgan.
Dastlabki kelishuvlarga koʻra loyiha doirasida fin taʼlim ekspertlarini jalb qilgan holda oʻquv jarayonlarini tashkil qilish, oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish, taʼlim vakillari uchun malaka oshirish kurslari faoliyati koʻzda tutilgan.
Taʼlim yoʻnalishidagi yaqin hamkorlikning davomi sifatida kelgusida finlyandiyalik va estoniyalik hamkorlar koʻmagida Oʻzbekiston taʼlim tizimining xalqaro taʼlim hamjamiyatiga qoʻshilishiga qaratilgan TWINNING dasturini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilyapti.
Maʼlumot uchun, TWINNING yaʼni “birodarlik” loyihasi Yevropa Ittifoqi qonunchiligi uchun zarur koʻnikma va tajribaga ega boʻlgan institutsional hamkorlik orqali sherik mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli loyiha hisoblanadi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi kadrlar tayyorlash va davlat institutlari tuzilmalarini qayta tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali sherik davlatlar maʼmuriyatlarining boshqaruv salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q