Afg'oniston vitse-prezidenti Tolibon bilan muzokaralarga izoh berdi

Saqlash
16:10 / 25.08.2021 1518 0

Bu haqda ria.ru nashri ma'lum qildi.

Afg'oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih toliblar bilan muzokaralarga izoh berar ekan, mamlakatni Tolibonga aylantirmaslikka chaqirdi, Panjsher viloyatini toliblar tomonidan qisman bosib olinishi haqidagi bayonotlarni rad etdi.

– Biz Afg'onistonni Tolibonga aylanishini xohlamaymiz, Tolibon esa aynan shuni xohlaydi. Shu sababdan muzokara o'tkazishni afzal ko'rdik. Biz hokimiyatda amirlik, diktatura hukm surishiga qarshimiz", – dedi u "India Today" telekanaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, Solih yangi hukumatga qarshilik ko'rsatuvchi asosiy kuchlar to'plangan Afg'onistonning Panjsher viloyatini toliblar tomonidan qisman bosib olinishi haqidagi bayonotlarni rad etdi.

Sputnik radiosi esa seshanba kuni Afg'oniston qarshilik kuchlari Panjsher viloyatini Tolibonga topshirishga tayyorgarlik ko'rayotganini xabar bergan edi.

Eslatib o'tamiz, iyul oyida Tolibon jangarilari AQSh qo'shinlarini olib chiqish fonida butun Afg'oniston bo'ylab tezkor hujum uyushtirdi va 15-avgustda poytaxt Kobulga kirib keldi. Prezident Ashraf G'ani respublikani tark etdi va vitse -prezident Amrulla Solih o'zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e'lon qildi hamda Afg'oniston poytaxti shimolida Tolibonga qarshilik harakatlarini boshladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//