Fargʻonada prokuror pora bilan qoʻlga tushdi

Saqlash
17:33 / 21.01.2022 1031 0

Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushdi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 18-yanvar kuni Fargʻona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli boʻlgan goʻsht doʻkoni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini, goʻyoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlangan.

 

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//