Ketma-ket uchinchi kun kasallanishlar soni ortdi: Kecha Oʻzbekistonda 1321 nafar koronavirus aniqlandi

Saqlash
15:46 / 21.01.2022 809 0

2022-yil 20-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 210899 (+1321) nafarni tashkil etmoqda.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

 

41 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

 

34 nafari Andijon viloyatida,

 

51 nafari Buxoro viloyatida,

 

53 nafari Jizzax viloyatida,

 

34 nafari Qashqadaryo viloyatida,

 

18 nafari Navoiy viloyatida,

 

60 nafari Namangan viloyatida,

 

41 nafari Samarqand viloyatida,

 

22 nafari Sirdaryo viloyatida,

 

50 nafari Surxondaryo viloyatida,

 

173 nafari Fargʻona viloyatida,

 

62 nafari Xorazm viloyatida,

 

158 nafari Toshkent viloyatida,

 

524 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21 nafar,

 

Andijon viloyatida 19 nafar,

 

Buxoro viloyatida 53 nafar,

 

Jizzax viloyatida 17 nafar,

 

Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,

 

Navoiy viloyatida 4 nafar,

 

Namangan viloyatida 13 nafar,

 

Samarqand viloyatida 28 nafar,

 

Sirdaryo viloyatida 10 nafar,

 

Surxondaryo viloyatida 20 nafar,

 

Fargʻona viloyatida 25 nafar,

 

Xorazm viloyatida 12 nafar,

 

Toshkent viloyatida 109 nafar,

 

Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 201712 (+466) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1532 nafarni tashkil qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//