Vazirlik bir oylik onlayn taʼlim yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi

Saqlash
15:00 / 21.01.2022 873 0

Barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib borilishi haqida xabar berilgan edi.

 

“Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi”, deya xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.

 

Xususan, avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalari saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

 

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//