24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida “onlayn” faoliyat olib boradi

Saqlash
02:55 / 21.01.2022 864 0

XTV axborot xizmati xabar berishicha, koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi ta’lim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi.

 

Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

 

Fursatdan foydalanib, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.

 

Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinasiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va  yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinasiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//