Jamiyat
Oʻzbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlar tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga olib, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni “Pfizer” vaksinasi bilan (ota-onalar yoki vasiylarning roziligi bilan) ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berilgan.
Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat OTABEKOV maʼlum qildi.
“Pfizer” vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta boʻlgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan boʻlsa, 5 - 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qoʻllaniladi.
Emlangan bolalar haqidagi maʼlumotlar emlash.uz dasturiga kiritib boriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q