Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Pastdargʻom, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud maʼmuriy-hududiy chegaralarini oʻzgartirish, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sugʻdiyona, Siyob, Bogʻishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihaga koʻra,
Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Dargʻom, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri maʼmuriy-hududiy chegaralari oʻzgartiriladi:
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Samarqand tumanidan 12 975 gektar, Past Dargʻom tumanidan 1 245 gektar, Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer maydonlari Samarqand shahri tarkibiga;
Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Dargʻom tumani tarkibiga;
Samarqand tumanidan 29 283 gektar yer maydoni Toyloq tumani tarkibiga oʻtkaziladi.
Samarqand tumani alohida maʼmuriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.
Umumiy yer maydoni 28 415 gektar boʻlgan Samarqand shahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 250 gektar boʻlgan Qorasuv tumani, umumiy yer maydoni 3 741 gektar boʻlgan Soʻgʻdiyona tumani, umumiy yer maydoni 4 846 gektar boʻlgan Siyob tumani, umumiy yer maydoni 3 246 gektar boʻlgan Bogʻishamol tumani, umumiy yer maydoni 8 333 gektar boʻlgan Maroqand tumani tashkil etiladi.
Samarqand viloyati Samarqand shahar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri tarkibida tashkil etilgan Qorasuv, Soʻgʻdiyona, Siyob, Bogʻishamol va Maroqand tumanlari chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Samarqand, Past Dargʻom, Toyloq tumanlari hududidan Samarqand shahar hududiga oʻtkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan Past Dargʻom tumani tarkibiga oʻtkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand tumanidan Toyloq tumani tarkibiga oʻtkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi tasdiqlanadi.
Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilanadi.
Belgilab qoʻyilishicha, chegarasi oʻzgarayotgan Toyloq, Past Dargʻom, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatlari hisoblanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q