Xurshid Davron ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi

Saqlash
17:18 / 20.01.2022 1679 0

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon bo‘limi tomonidan kecha, 19-yanvar kuni “Xurshid Davron  ijodining ma’naviy – ma’rifiy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi. Konferensiya onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

Anjumanda mamlakatimiz va xorijdagi sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar.

 

 

Jumladan, Xurshid Davron ijodida janr va obrazlar rang barangligi, adib ijodining yurtimiz va xorijda o‘rganilishi, tarjimalari, shoir ijodida tarix mavzusi, dramaturgiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, Xurshid Davron ijodida xalqlar do‘stligi mavzusi haqida ma’ruzalar tinglandi.

 

Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarni to‘plam (PDF elektron) shaklida nashr etish ko‘zda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//