Jamiyat
19-yanvar kuni "Amirsoy" dam olish maskanidagi kanatlar oldida qor ko‘chishi kuzatildi. Bu haqda Chimyon qor ko‘chki stansiyasi kuzatuvchisi xabar berdi.
Qayd etilishicha, katta miqdordagi qor ko‘chkisidan hech kim jabrlanmagan. Kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruv xati asosida maskanga aholi vaqtincha qabul qilinmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmati tomonidan qor ko‘chki atrofi zudlik bilan ogohlantiruvchi to‘siqlar bilan o‘rab olingan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 16-yanvar kuni ham "Amirsoy"ga yaqin hududlarda ikkita katta hajmda qor ko‘chkisi kuzatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95128
Jamiyat
91391
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q