Jamiyat
Kompaniya axborot xizmati xabar berishicha, integral mikrosxemalar bilan bogʻliq muammolar va yetkazib beruvchilarda ishlab chiqarish uzilishi sababli, “UzAuto Motors” avtomobillari avtomagnitolasiz yetkazib beriladi.
Xabarda aytilishicha, mikrosxemalar yetishmovchiligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yagona boʻlgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasini ham chetlab oʻtmadi. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni nomaʼlum muddatga toʻxtatdi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning toʻxtab qolishi hamda ishchi oʻrinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qoʻllanilgan yagona toʻgʻri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.
Joriy yilning 19-yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.
Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qoʻllanilishi yuzlab isteʼmolchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini taʼminlaydi.
«Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:
– Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning oʻrnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada oʻz avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga koʻra, bozordan oʻzingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani “UzAuto Motors” rasmiy dilerlarida oʻrnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yoʻqotmaysiz.
– Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan soʻng, avtomobilni qayta jihozlash», deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q