Jamiyat
Toshkent shahrida emlanmagan xodimlarni aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida 1044 nafar fuqaro ishdan chetlatildi.
17-yanvar kuni ishchi guruh tomonidan 305 ta tadbirkorlik subyekti va 203 ta byudjet tashkilotida tekshiruv oʻtkazilgan. Natijada tadbirkorlik subyektlarining 359 nafar, byudjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlangan.
Emlanmagan 1044 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qoʻllanildi, 1 ta obyektning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bogʻi va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyekt, 22 ta sport majmuasi, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jome masjidida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish olib borilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109919
Jamiyat
94277
Jamiyat
90126
Jamiyat
73355
Jamiyat
//
Izoh yo‘q