Navoiyda ikki nafar oʻqituvchiga Cobalt avtomobili sovgʻa qilindi

Saqlash
09:53 / 19.01.2022 842 0

Navoiy viloyati Navbahor tumanida ikki nafar oʻqituvchiga Prezident sovgʻasi sifatida Cobalt avtomobili sovgʻa qilindi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, avtomobil topshirilgan 1-maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sohiba Navroʻzova hamda 20-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Obidjon Saydaxmetov oʻz faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishiga hissa qoʻshgan.

 

Xususan, Navbahor tumanida oʻtgan 2021-yil bitiruvchilarining 76,6 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//