Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati perinatal markazi hududida noqonuniy ravishda daraxtlar kesilganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublika koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-sonli Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
«Shunga qaramasdan, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Sh. tomonidan Andijon viloyati perinatal markazi hududidagi «Eldor qaragʻayi» (Pinus eldarica) navli 12 tup daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Oʻtkazilgan tekshirish natijasiga koʻra, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi», deyiladi xabarda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q