Ertaga Oʻzbekistonda qor yogʻadimi?

Saqlash
17:56 / 18.01.2022 1264 0

“Oʻzgidromet” 19-yanvar, chorshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//