Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil fevral oyiga qadar qilingan Umra toʻlovi miqdoriga yana narx qoʻshilgani boʻyicha tarqalgan maʼlumotlarga Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, narxning oshirilishiga quyidagi omillar taʼsir qilgan:
– koronavirus pandemiyasi sabab mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 oʻrindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish, oziq-ovqatlar endi maxsus qadoqlangan holda tarqatilishi, qoʻshimcha shifokorlar va maxsus dori-darmonlar bilan taʼminlash kabi talablar oʻrnatilgan;
– Saudiya qirolligida 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi ham joriy etildi;
– Makka va Madina shaharlarida ikki Haramga yaqin boʻlgan 5 yulduzli mehmonxonalar buyurtma qilingan. Masjidi Nabaviyga yaqin boʻlgan “Pulman zam-zam” va Baytulloh atrofidagi “Jabal Umar” hududida joylashgan mehmonxona olingan (oldingi yillarda ziyoratchilar Makka shahrida Haram masjididan chamasi 1,2 km. boʻlgan mehmonxonada istiqomat qilishgan);
– oldingi uzoq yillik hamkor shirkat pandemiyadan keyin litsenziya ololmagani uchun boshqa, imkoniyati kengroq “Abu Sarhad” shirkati bilan shartnoma imzolangan.
Shuningdek, har bir Haj yoki umra mavsumi toʻlovlar bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanishi va ulardan boshqa maqsadda foydalanish imkoniyati yoʻqligi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q