Jamiyat
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi, deya xabar berdi qoʻmita matbuot xizmati.
Taʼkidlanishicha, mazkur markaz tomonidan xalqaro texnik talab va standartlarga toʻliq javob beradigan “Lochin” nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. “Ikki xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tomonidan markazni yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlarda stajirovkasini tashkil etish va malakasini oshirish yoʻli orqali uchuvchisiz aviatsiya sohasidagi mutaxassis kadrlar bilan butlash amalga oshirilmoqda.
«Milliy brend ostida ishlab chiqilgan samolyot va kvadrokopter turidagi “Lochin” uchuvchisiz uchish apparati bir qancha maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlib, razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, maʼlumot olish, artilleriya oʻt ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qishloq xoʻjaligi, neft va gaz, oʻrmon xoʻjaligi, temir yoʻllar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qilish, qoʻriqxonalarni, yoʻllarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim obyektlarni kuzatib borish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi», – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q