Yaponiyalik mashhur arxitektor O‘zbekistonda yangi muzey quradi

Saqlash
14:56 / 18.01.2022 1026 0

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi yangi binosining muhandislik va rejalashtirish yechimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar qilmoqda.

    

Aytish kerakki, bugungi kunda Madaniyat va san’atni rivojlantirish  jamg‘armasi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi yangi binosining qurilish  loyihasini ishlab chiqmoqda.

   

Muzey poytaxtimizdagi Abulqosim madrasasi, "Xalqlar do‘stligi" saroyi hamda Alisher Navoiy haykali o‘rtasidagi maydonda barpo etiladi. Muzey binosining me’moriy konsepsiyasi yaponiyalik mashhur arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilmoqda.

 

Bosh loyihasi sifatida esa Germaniyaning “Atelier Brückner GmbH” me’moriy byurosi ishtirok etmoqda. Taqdimot doirasida “Atelier Brückner” me’morchilik byurosi mutaxassislari tomonidan ob’yektning bosh rejasi, turli maqsadlarga mo‘ljallangan maydonlarining muhandislik va  rejalashtirish yechimlari taqdim etildi.

 

Qurilish ishlari  2023-yilda tugallanishi ko‘zda tutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//