Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichan-Qalʼa” atrofidagi koʻchalarda taʼmirlash ishlar sifatsiz bajarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Xiva shahar “Ichan-qalʼa” mahallasi hududida muhandislik kommunikatsiyalari almashtirilib, asosiy turistik yoʻnalishdagi yoʻllarga yotqizilgan beton plitalar oʻrniga tabiiy tosh yotqizish ishlari olib borilgan.
Mahalla ichki koʻchalariga tabiiy tosh yotqizish ishlari boʻyicha loyiha hujjatlari 2021-yilning 16-noyabr kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 31-sonli majlis bayoniga asosan maʼqullangan. Hozirgi kunga qadar “Ichan-Qalʼa” mahallasining ichki koʻchalariga tabiiy tosh yotqizish ishlarini bajarish uchun xususiy tadbirkor hisob raqamiga 21 mlrd. 269 mln. soʻm pul mablagʻlari ajratilgan boʻlib, ushbu ishlarni nazorat qilish boʻyicha Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injenering kompaniyasidan masʼul xodim ajratilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi vakillari, Xorazm viloyati qurilish sohasi hududiy nazorat inspeksiyasi inspektorlari hamda xususiy tadbirkor va tegishli mutaxassislar ishtirokida koʻchalar oʻrganib chiqilgan. Oʻrganish davomida koʻchaning 42 kv.metr qismi notekis va sifatsiz bajarilgani aniqlangan.
Xususiy tadbirkor B.X. 42 kv.metr yoʻlga notekis va sifatsiz tabiiy tosh yotqizish ishlarining sababi sifatida hududda yangi ishchilar ish boshlagani, ularni oʻz vaqtida nazorat qilmaganini keltirib oʻtgan.
“Ishchi guruh tomonidan xususiy tadbirkorga notekis va sifatsiz bajarilgan 42 kv.metr tabiiy tosh yotqizilgan qismini buzib olib qaytadan yotqizish tushuntirildi. Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati” injenering kompaniyasi texnik nazoratchi xodimiga olib borilayotgan tabiiy tosh yotqizish ishlarini loyiha smeta hujjatlariga asosan olib borish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishlarning sifati qoniqarsizligi sababli “Yuksalish Oʻzgarish” MCHJga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q