Ilm-fan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, ularning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini rag‘batlantirish maqsadida universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda bir qator tanlovlar tashkil etildi.
Tanlovlarda barcha talabalarning qiziqish va izlanishlari qamrab olindi. Rasmlar tanlovi, ta’limga bag‘ishlangan infografikalar tanlovi, Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovi, eng yaxshi audioasar tanlovlari shular jumlasidandir.
Talabalar o‘zlarining intellektual, aqliy zehn qobiliyatlarini sinab ko‘rishlari uchun “Zakovat” hamda “Kitobxonlik olimpiadasi” tashkil etildi. Ingliz tilini biladigan talabalar esa “Travelling with word” tanloviga qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Navoiy va Bobur ijodi targ‘iboti bo‘yicha “Ikki daho–ikki bebaho” publisistik maqolalar hamda “Ona tabiatni asraylik” mavzusida videoinsholar tanlovlari talabalarning tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishga, yozuvchilik mahoratini shakllantirishga qaratilgan.
“Startap” loyihalar tanlovi o‘zini ilmiy va innovasion g‘oyasini ro‘yobga chiqarishni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Umumiy moliyaviy qiymati 50.000 000 so‘mni tashkil etgan bu tanlovda qatnashish uchun talabalar ariza bilan o‘z loyihasini taqdim etadi. Eng yaxshi loyiha hakamlar tomonidan tanlab olinadi va g‘olib aniqlanadi. Bugungi kungacha ushbu tanlovga 20 ga yaqin talabalar ariza topshirdi. Arizalarni qabul qilish davom etmoqda.
Barcha tanlovlarga pul mukofotlari qo‘yilgan, ularning umumiy summasi 63 mln so‘mni tashkil etadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q