Siyosat
30-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kino san’ati saroyida “Faqat 12 dan keyin...” nomli komediya badiiy filmi premyerasi boʻlib oʻtdi.
Film Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan taqdim etildi.
“Faqat 12 dan keyin…” — Yangi yil arafasida inson taqdiri, oila qadriyatlari va jamiyatda kechayotgan ijtimoiy о‘zgarishlarni yumor va hayotiy voqelik orqali yoritib beruvchi komediya janridagi badiiy film sanaladi.
Filmda voqealar rivoji 31-dekabr kuni Respublika bо‘ylab turli mahallalarda yashovchi bir nechta oilalar hayoti misoli asosida qurilgan. Qahramon oilalarning о‘zaro о‘xshash jihati shundaki, ularning hech biri ushbu kuni Yangi yil bayramini nishonlash niyatida bo‘lmay, ijtimoiy-maishiy muammolar, oilaviy kelishmovchiliklar, iqtisodiy qiyinchiliklar, hayotga nisbatan behafsala munsabatda bo‘ladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110201
Jamiyat
94342
Jamiyat
90221
Jamiyat
73636
Jamiyat
//
Izoh yo‘q