Jamiyat
Nyu-York universiteti qoshidagi Grossman tibbiyot dargohi olimlari koronavirus infeksiyasi keksa odamlarning miyasiga Alsgeymer kasalligidan ham koʻproq zarar yetkazishi mumkinligini aniqladi.
«Natijalarimiz shuni koʻrsatadiki, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar va ayniqsa oʻtkir infeksiya paytida nevrologik alomatlar bilan kasallangan bemorlarda miya shikastlanishi belgilari Alsgeymer kasalligi bilan bir xil yoki undan yuqori boʻlishi mumkin», degan tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Jennifer Fronter.
Tadqiqot 2020-yilning martidan may oyigacha davom etgan va unda 251 nafar keksa bemorlarning maʼlumotlari tahlil qilingan. Qayd etilishicha, ushbu bemorlarda koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilishidan oldin kognitiv pasayish yoki demans belgilari kuzatilmagan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112994
Jamiyat
95693
Jamiyat
92652
Jamiyat
76899
Jamiyat
//
Izoh yo‘q