Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi oʻquvchi “Bir million dasturchi” loyihasida birinchi oʻrin olgani va unga ishlatilgan noutbuk sovgʻa qilingani aytilgan murojaat tarqaldi.
Maʼlum qilinishicha, tumandagi 41-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Sardor Sattorov “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida 1-oʻrinni olishiga qaramay unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovgʻa qilingan.
“Bu nomardlar eskini berguncha bitta kitob bilan diplom bersa boʻlmasmidi? Changini ham artmagan buni, kim bilan necha yildan beri chang bosib yotgan. Shunchalik ham nomardlik boʻladimi?...”, – deydi oʻquvchining bobosi.
Samarqand viloyati hokimligining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi ishchi guruhi tuzilib, dastlabki oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q