Jamiyat
2021-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan xususiy tibbiyot muassasalariga bir qator soliq imtiyozlari joriy qilindi.
Xususan, Soliq kodeksining 243-moddasi 1-qismi 11 va 14-bandlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
Tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizasiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etildi.
Tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam va sanitariya xizmati ko‘rsatishga doir, tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash bo‘yicha xizmatlar, stomatologik, shu jumladan tishlarni protezlash bo‘yicha xizmatlar kirishi belgilandi.
Sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizasiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etildi.
Bunda, sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar:
shifoxonalar,
profilaktoriylar,
kurortlar,
pansionatlar,
dam olish uylari va zonalari,
bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko‘rsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilishidan qat’i nazar, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kirishi belgilandi.
Shu bilan birga, Soliq kodeksining 337-moddasi 1-qismi 4-bandiga ko‘ra, tegishli lisenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha, xususan:
tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish,
tashxis qo‘yish,
profilaktika va davolash xizmatlari,
stomatologik xizmatlar,
tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari bo‘yicha (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno) foyda solig‘iga 0% stavka qo‘llanilishi belgilangan.
Xuddi shunday, Soliq kodeksining 428-moddasi 2-qismiga muvofiq:
Sog‘liqni saqlash ob’yektlari egallagan yerlar (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob’yektlari band qilgan yerlar mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.
Bundan ko‘rinadiki, xususiy tibbiyot bilan o‘z egaligidagi yerlarda, shu jumladan ijara asosidagi binolar joylashgan yerlarda shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga yer solig‘i bo‘yicha ham keng imtiyozlar taqdim etilmoqda.
Taqdim etilgan ushbu soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi.
Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q