Vaziyat ogʻirlashmoqda: yana 824 kishida koronavirus aniqlandi

Saqlash
15:31 / 14.01.2022 782 0

2022-yil 13-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 203297 (+824) nafarni tashkil etmoqda.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

 

16 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

 

17 nafari Andijon viloyatida,

 

11 nafari Buxoro viloyatida,

 

47 nafari Jizzax viloyatida,

 

36 nafari Qashqadaryo viloyatida,

 

5 nafari Navoiy viloyatida,

 

15 nafari Namangan viloyatida,

 

41 nafari Samarqand viloyatida,

 

15 nafari Sirdaryo viloyatida,

 

5 nafari Surxondaryo viloyatida,

 

30 nafari Fargʻona viloyatida,

 

28 nafari Xorazm viloyatida,

 

124 nafari Toshkent viloyatida,

 

434 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9 nafar,

 

Andijon viloyatida 10 nafar,

 

Buxoro viloyatida 12 nafar,

 

Jizzax viloyatida 30 nafar,

 

Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,

 

Navoiy viloyatida 3 nafar,

 

Namangan viloyatida 10 nafar,

 

Samarqand viloyatida 19 nafar,

 

Sirdaryo viloyatida 11 nafar,

 

Surxondaryo viloyatida 3 nafar,

 

Fargʻona viloyatida 6 nafar,

 

Xorazm viloyatida 15 nafar,

 

Toshkent viloyatida 52 nafar,

 

Toshkent shahrida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 197942 (+239) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1511 nafarni tashkil qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//