Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev 14-yanvar tungi soat 03:00 larda Toshkent shahar tez yordam stansiyasida boʻlib, tez tibbiy yordam xodimlari ish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi kunlarda “103” xizmatiga chaqiriqlar soni ortgani va ish yuklamasi koʻpayib borayotgani sababli vazir topshirigʻi bilan qoʻshimcha tarzda 40 ta zamonaviy jihozlangan tez tibbiy yordam mashinasi haydovchilari bilan birga xizmat tasarrufiga biriktirib berilgan.
Call-markaz ish samaradorligini oshirish uchun 30 ta yangi operator oʻrni yaratilib, tez yordam brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oshirish maqsadida ular qoʻshimcha 100 dona planshet bilan ham taʼminlanadi. Brigadalar uchun bugun ertalabdan zarur miqdorda koronavirusga qarshi dori-darmonlar boʻlgan “Covid-box«lar ajratiladigan boʻldi.
«Shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalar, 12 ta koʻp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda esa maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q