AQSHga kirish uchun yangi qoidalar eʼlon qilindi

Saqlash
23:42 / 13.01.2022 941 0

Uzbekistan Airways kompaniyasi AQSHga kirish uchun yangi qoidalarni maʼlum qildi. AQSHga borayotgan yoki tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar (2 yoshdan yuqori) COVID-19 uchun parvozdan kamida 24 soat oldin PZR usulida topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishlari kerak. Ruxsat etilgan testlar: antigen, NAAT, RT-LAMP, RT-PCR yoki TMA.

 

Bundan tashqari, AQSHga borayotgan yoki tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar kelishlaridan kamida 15 kun oldin (emlash kuni + 14 kun) COVID-19ga qarshi toʻliq emlanganliklarini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega boʻlishlari ham talab qilinadi.

 

Guvohnomada yoʻlovchining maʼlumotlari (masalan, ism va tugʻilgan sana) pasport/sayohat hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan mos kelishi kerak.

 

Bunda quyidagi vaksinalar qabul qilinadi:

 

AstraZeneca (SK Bioscience), AstraZeneca (Vaxzevria), Covishield, Covaxin, Janssen, Moderna (Spikevax), Pfizer-BioNTech (Comirnaty), Sinopharm, Sinovac.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu vaksinalarning kombinatsiyasiga (oʻzaro qoʻllanilishi), agar ular kamida 17 kun oraligʻida kiritilgan boʻlsa, ruxsat etiladi.

 

Shuningdek mazkur talablar:

 

– AQSH fuqarolari;

 

– AQSHda yashash guvohnomasiga ega shaxslar;

 

–18 yoshga toʻlmagan yoʻlovchilar;

 

– sogʻligʻi sababli vaksinani ololmasligini tasdiqlovchi shifokorning maktubiga ega yoʻlovchilar;

 

AQSH, boshqa hukumat yoki BMT tomonidan taqdim etilgan taklifnoma xati yoki boshqa rasmiy hujjatga ega, xizmat yuzasidan sayohat qilayotgan yoʻlovchilar uchun amal qilmaydi.

 

Bu ikki yoshdan kichik yoʻlovchilar, birinchi joʻnash nuqtasidan ketishdan 90 kun oldin kechiktirmasdan olingan COVID-19 testining musbat natijasi boʻlgan yoʻlovchilar va sogʻliqni saqlash tashkilotidan yoʻlovchining sayohatga ruxsat berilganligi haqidagi xatga ega boʻlganlarga taalluqli emas.

 

Parvozdan oldin yoʻlovchilar attestatsiya shaklini toʻldirishlari va uni chop etishlari (qogʻoz shaklida chop etishlari), parvozdan oldin roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishlari kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//