Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi “Istiqlol” stellasi barelyefiga zarar yetgani, yoʻlaklarda yoriqlar paydo boʻlgani va boshqa kamchiliklar aks etgan suratlar tarqalgandi. Holat boʻyicha Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, vazirlik matbuot xizmati xodimlari “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da boʻlib, mavjud holatni oʻrgandi. Barelyef muallifi, haykaltarosh Shohrux Oʻrozovning vazirlikka bildirishicha, barelyef haykalining hozirgi koʻrinishi vaqtincha gipsdan tayyorlangan va stellaning yuzasiga moslab ishlangan haykaltaroshlik ishi sanaladi.
Shu kunlarda ijodiy ishlarni badiiy darajasi yuqori boʻlishi uchun uni bronzaga koʻchirish ishlari olib borilmoqda. Uning maʼlum qilishicha, barcha haykaltaroshlik namunalari odatda dastlab gipsdan tayyorlanadi. Soʻng maʼlum sinov muddati oʻtgach, bronza yoki toshlarga koʻchiriladi.
Hozirda stella majmuasiga ishlangan barelyefning bronza koʻrinishi deyarli 80 foiz tayyor holatga keltirilgan va tez kunlarda stella majmuasiga olib kelib oʻrnatiladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q