Toshkent shahri koʻchalarida harbiy-vatanparvarlik paradi oʻtkazildi (foto)

Saqlash
20:41 / 13.01.2022 2092 0

Bugun, 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtimizda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmatchilari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik paradi oʻtkazildi.

 

 

“Turkiston” sanʼat saroyi maydonidan boshlangan harbiy-vatanparvarlik paradi Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Islom Karimov koʻchalari boʻylab “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyiga qadar davom etdi. Mazkur paradda jami 1200 nafardan ortiq kuch tuzilmalari vakillari, harbiy orkestr jamoalari ishtirok etdi.

 

 

“Xalqlar doʻstligi” maydonida esa harbiy orkestr, harbiy ansambl va taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturlari boʻlib oʻtdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//