Emlanmagan xodimlar masofadan ishlashga oʻtadi

Saqlash
22:57 / 12.01.2022 797 0

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi Anvar Alimov matbuot anjumanida tashkilotlardagi emlanmagan xodimlar 15-yanvardan boshlab masofadan ishlashga yuborilishini maʼlum qildi.

 

 “15-yanvarga qadar barcha kompaniyalar majburiy emlash haqida xabardor qilinadi. Tashkilotlardagi emlanmagan xodimlar masofadan ishlashga yuboriladi. Kelgusi besh kun ichida ishchilari birinchi vaksina olgan muassasalar avvalgidek ishlashda davom etishlari mumkin”, — degan Anvar Alimov matbuot anjumanida.

 

Shuningdek, u sogʻligʻi sababli emlanishi mumkin boʻlmaganlar masofadan ishlashga majbur boʻlishlarini qoʻshimcha qildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xolmamat Norboyev bunda hech qanday jazo choralari qoʻllanilmasligini aytgan.

 

“Bugungi kunda 78-protokol asosida qoʻllanilgan jarimalar endi kuchga ega emas. Yaqin kelajakda faqat xabarnoma kampaniyasini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Qonunchilik darajasida jazo choralari yoʻq. Bizning asosiy vazifamiz — har bir fuqaroning tinchligi va farovonligini saqlashga koʻmaklashishdir. Biz bunday davrda biznesni yanada murakkablashtirishga intilmaymiz”, — degan u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//