Jamiyat
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov “Jismoniy tarbiya” fani III chorakdan barcha sinflarda haftasiga 2 soatdan oʻqitilishi haqidagi buyruqqa imzo chekdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Avvalgi vazir Sherzod Shermatov buyrugʻiga koʻra, 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab sport zali mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da oʻtiladigan “Jismoniy tarbiya” fani darslari oʻquv soatlarini 10 hafta davomida 5-10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.
Qayd etilishicha, 11-yanvar kuni mazkur tartibni bekor qilish hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishi jarayonlarini takomillashtirish toʻgʻrisida Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi imzolangan.
Unga koʻra, oʻquvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish, sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida qishki davrda ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan oʻqitilishi belgilandi.
2021-2022 oʻquv yilining 3-choragidan boshlab sport zali mavjud boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarida ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 (ikki) soatdan oʻqitiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q