O'zbekistonda emlanganlar qimmatbaho sovgʻalarni yutib olishlari mumkin

Saqlash
20:15 / 12.01.2022 844 0

Emlanganlar oʻrtasida bonusli oʻyinlar tashkil etiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov raisligida oʻtkazilgan mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, xususan, emlash jarayonlarini keng yoritish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.

 

Unga koʻra, ayni paytda mazkur tashabbus yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

 

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 11-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sogʻayganlar esa 197475 (+167) nafarga yetib,  sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//