Ertaga Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
19:32 / 12.01.2022 824 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 13-yanvar, payshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//