Jahon
Qozogʻistonda mansabdor shaxslar va deputatlarning maoshlariga besh yillik moratoriy oʻrnatildi. Bu haqda Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev hukumat bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi. Prezident oʻz qarorini amaldorlarning maoshi “juda yetarli” ekani bilan asoslagan.
“Hukumat aʼzolari, viloyatlar hokimlari va deputatlarning ish haqini oshirishga besh yillik moratoriy eʼlon qilish mumkin, deb hisoblayman”, — degan Toʻqayev.
Avvalroq Toʻqayev Qozogʻiston rasmiylarining fuqarolar bilan muloqoti samarasiz ekanini aytgan edi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, davlat organlari rahbarlari xalq bilan qanday muloqot qilishni bilmaydi yoki hatto qoʻrqadi.
Prezident, shuningdek, hukumat aʼzolarining muntazam ravishda hududlarga borishi, hokimlarning esa aholi bilan uchrashuvlar tashkil etishi kerakligini taʼkidlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q