Jamiyat
Yunusobod tumanida kechasi niqobli shaxslar tomonidan 14 tup eldor qaragʻay arralab ketilgan. Bu haqida Davlat ekologiya qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod koʻchalari chorrahasi yonidagi bir necha sotixlik yerni auksion orqali qoʻlga kiritgan fuqaro ushbu daraxtlarni boshqa joyga koʻchirishga ruxsat berishni soʻrab murojaat qilgan. Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bunga rad javobini bergandan keyin turfa oʻyinlar boshlangan.
Avvaliga nomaʼlum kimsalar tomonidan tunda 10 tup daraxt yarmigacha arralab ketilgan. Ekologlar ushbu daraxtlarni quritmasdan saqlab qolish maqsadida Botanika instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda agrotexnik tadbirlarni olib borishadi. Lekin oradan maʼlum vaqt oʻtgach, kechasi niqobli kishilar yana 4 tup daraxtni kesib, voqea joyidan yashirinadi.
Yer egasi J.G. ekologlar ustidan daraxt koʻchirilishiga ruxsat berilmagani tufayli uning huquqlari buzilgani haqida huquqni muhofaza qilish organlariga shikoyat yoʻllagan. Sud ushbu arizani ham qanoatlantirishni rad etgan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan maxsus ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlarini olib borib, toʻplangan hujjatlar Yunusobod tuman prokuraturasiga topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q