Jamiyat
Surxondaryo viloyati Denov tumanida kelinini oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirgan ayolga sud hukmi oʻqildi. Bu haqida Oliy sud xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, holat 16-iyul kuni soat 10:00 atrofida sodir boʻlgan. Tumanning “Istiqbol” mahallasida yashovchi B.H. va Z.S. ismli er-xotin oʻgʻliga bozordan yozgi oyoq kiyim olib bergan. Ular uyga kelganda qaynonasi J.H. nabirasiga qarab “Bu arzon oyoq kiyimni nega kiyib yuribsan?” degan. Bunga javoban kelini puli kamligi uchun shunday poyabzal xarid qilganini maʼlum qilgan. Shu arzimas sabab oʻrtada tortishuv yuzaga kelgan.
Shu kuni 15:00 larda esa J.H.ning ikkinchi nabirasi ham unga akasidagidek oyoq kiyim olib berishlarini soʻragan. Ammo buvisi yana qarshilik qilgan. Bu qaynona-kelin oʻrtasidagi navbatdagi janjalga sabab boʻlgan.
Kelin oʻz xonasiga kirib ketgan. Qaynona jahl ustida oshxonaga kirib, sariq va qora dastali oshxona pichoqlarni olgan. U uch nafar nabirasi koʻz oldida keliniga 32-marta pichoq sanchgan.
Oqibatda jabrlanuvchi oʻta ogʻir tan jarohati olib, voqea joyida halok boʻlgan.
J.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish) bilan aybdor deb topilgan. U 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q