Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar hokimining uyidan 200 ming dollar oʻgʻirlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ushbu maʼlumotni rad etdi.
Qayd etilishicha, xabar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganilganda, maʼlumot mutlaqo notoʻgʻri ekanligi, yaʼni Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirovning xonadonida oʻgʻirlik jinoyati sodir boʻlmagani, Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlariga bunday mazmundagi hodisa sodir boʻlganligi toʻgʻrisida biror bir xabar yoki murojaat kelib tushmagani yoxud hokimning biror bir yaqin qarindoshlari tomonidan ham bunday jinoiy hodisa yuz berganligi yuzasidan xabar yoki murojaat tushmagani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Buxoro shahar hokimligi axborot xizmati ham ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Taʼkidlanishicha, 4-yanvar kuni hokim davolanishda boʻlgan va uning uyiga oʻgʻri tushmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q