Jamiyat
AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xolmamat Norboyev javob qaytardi.
«Samolyotda bemor bilan birga kelgan 200 kishi karantinga olingan. 130 nafar Oʻzbekiston fuqarolari uy, 70 nafar xorijiy fuqarolar mehmonxona sharoitida karantinga olingan.
Omicron shtammi, dastlab, 7-yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu diagnoz boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar oʻtkazish va uni tasdiqlash bilan bogʻliq jarayonlar tufayli uni oʻz vaqtida eʼlon qilish imkoni boʻlmadi va ikki kundan soʻng jamoatchilikka maʼlum qilindi», dedi Xolmamat Norboyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q