Jamiyat
Fargʻonalik oʻquvchi yuqori natija bilan IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu haqida Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buvayda tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-“B” sinf oʻquvchisi Malohat Nabiyeva xalqaro imtihon tizimi IELTS dan 8,5 ball olgan.
“4-sinfda oʻqiyotganimda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan qoʻshnimizdan bu tilni oʻrganishni boshladim. Unda oddiy soʻzlar, sanash, ranglar va kasblar nomi kabi ingliz tilidagi soʻzlarni oʻrganardim. Keyinchalik maktabda darslarda faol ishtirok etdim. Bilimlarimni yanada oshirish maqsadida qoʻshimcha mashgʻulotlarga qatnadim”, deydi Malohat Nabiyeva.
Iqtidorli oʻquvchi kelajakda ingliz tili fani oʻqituvchisi boʻlish niyatidaligini aytgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109640
Jamiyat
94029
Jamiyat
89791
Jamiyat
72954
Jamiyat
//
Izoh yo‘q