Jamiyat
Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida ilk bor tugʻma taloq kistasini loproskopik kistoektomiyasiga oid murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, shu tashxis bilan ogʻrigan 17 yoshli oʻsmir hayoti saqlab qolindi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, tumandagi “Xalach” mahallasi Yalangichoyxona qishlogʻida yashovchi Mirshodbek Shomurodov (2005-yilda tugʻilgan) taloq yiringlashi kistasi xastaligi bilan ogʻrigan. U qorin sohasida kuchli ogʻriq va tana harorati keskin koʻtarilgan koʻyi ogʻir ahvolda shifoxonaga keltirilgan. Oʻsmirda murakkab laproskopik kistoektomiya jarrohlik amaliyoti qoʻllanilgan.
«Bunday bemorlarga tezkor chora koʻrilmasa, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. Aniqrogʻi, kista yorilishi va undan qon ketishi hayot uchun juda xavfli. Odatda bunday kasalliklar jarrohligini, yaʼni tanaga yuqori aniqlikda ishlovi tibbiy uskunadan uchta naycha kiritish va qorin boʻshligʻini naychalash yoʻli bilan operatsiya oʻtkazish uchun respublika shifoxonalariga yoʻllanma berilgan. Vaziyatni inobatga olgan holda, tuman tibbiyot birlashmasida ushbu jarrohlikni ilk marotaba oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Operatsiya ikki soat davom etdi va muvaffaqiyatli oʻtdi. Oʻsmirning umumiy ahvoli qoniqarli. Hozirda Mirshodbek Shomurodov uyiga ruxsat berilgan va ambulator nazoratiga olingan», deydi Anvar Rasulov.
Murakkab jarrohlik amaliyotiga viloyat koʻp tarmoqli bolalar kasalxonasidan ham jarrohlar jalb etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q