Toshkentda mast haydovchini toʻxtatish uchun quroldan foydalanildi

Saqlash
14:49 / 08.01.2022 792 0

7-yanvar kuni soat taxminan 15.00larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi boʻylab 1976-yilda tugʻilgan, kuchli darajadagi mast holatida boʻlgan, fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Malibu” avtotransporti, shu yerda xizmat oʻtayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, oʻzgalarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solgan holda qochishga uringan. Bu haqida IIV Axborot xizmati matbuot kotibi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarni oldini olish maqsadida, belgilangan tartibda oʻq-otar qurolini qoʻllagan. Natijada avtotransport vositasi majburiy toʻxtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qoʻllanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan.

 

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//