Jamiyat
Oʻzbekistonlik bir guruh talabalar Qozogʻistondan Vatanga qaytmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Narikbayev nomidagi Qozogʻiston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar oʻzbekistonlik Uzbekistan Airways samolyoti orqali uyga qaytmoqda.
«Oʻtayotgan hafta davomida oʻzbekistonliklar qoʻshni Qozogʻistondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda. Va koʻpchilik ushbu mamlakatda boʻlib turgan oʻz yaqinlari hayoti uchun qaygʻurgani haqiqat. Bular orasida Narikbayev nomidagi Qozogʻiston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor», deb yozgan Qozogʻiston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar ota-onalari qoʻmitasi raisi Toʻra Toʻrayev.
Ayni paytda ushbu universitetning barcha talabalari samolyotda uchib kelmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q