Sport
Turizm va sport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, shaxmat boʻyicha jahon chempioni boʻlgan Nodirbek Abdusattorovga sovgʻa qilingan uy qaytarib olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 7-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Davrukov chempion va uning ota-onalarini Prezident sovgʻasi – 2 xonali kvartira bilan tanishtirgan. Tarqatilayotgan xabarlar esa haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
«Yaqinda shaxmatning rapid yoʻnalishida FIDE jahon chempionligini qoʻlga kiritgan hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi va unga Prezident sovgʻasi sifatida Toshkent shahar Maxtumquli koʻchasi 91/1 uy manzilidan ikki xonali kvartiraning kalitlari topshirildi.
Biroq turli yolgʻon va boʻhton xabarlar tarqatish orqali oʻz obunachilarini koʻpaytirishga odatlangan blogerlar yana “hunarlarini” koʻrsatishmoqda. Jumladan, ular uyalmasdan Nodirbek Abdusattorovga sovgʻa qilingan uy kalitlari qaytarib olindi, degan mazmundagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishmoqda. Eng yomoni, xalqimiz ham shu yolgʻon xabarlarga ishonib qolishayotganida. Tez kunlarda qonunchilikda belgilangan rasmiyatchilik ishlari yakunlanib, ushbu xonadon Nodirbek Abdusattorovga topshiriladi.
Janob blogerlar, Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, yolgʻon va boʻhton xabar tarqatganlik uchun ham oʻrnatilgan tartibda jazo choralari qoʻllaniladi. Shunday ekan, biron maʼlumot tarqatishda avval uni obdon tekshirib, igʻvo va boʻhton emasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina ommaga tarqatishingizni maslahat beramiz. Oʻzbekistonda senzura yoʻq, biroq bu sizga asoslanmagan, yolgʻon va boʻhton xabarlar tarqatish huquqini bermaydi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q