Nobel mukofoti laureati oʻzbekistonlik yoshlarga maʼruza oʻqidi

Saqlash
15:58 / 07.01.2022 1160 0

Nobel mukofoti laureati, Nagoya universiteti professori Hiroshi Amano oʻzbekistonlik talabalar uchun onlayn maʼruza oʻtdi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Hiroshi Amano yorqin va energiya tejamkor yorugʻlik manbalaridan foydalanish imkonini beradigan samarali yorugʻlik chiqaradigan diodlarni ixtiro qilgani uchun 2014-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

 

“LEDlar bilan dunyoni yoritish” mavzusidagi maʼruzada professor Amano oʻzining 14 yillik tajribasi, sohaga qanday kirib kelgani haqida ham soʻzlab bergan.

 

 

“Professor Nobel mukofoti laureati boʻlishiga sabab boʻlgan izlanishi yuzasidan ham atroflicha maʼlumot berdi. U suhbat davomida olib borgan izlanishlarida  bir yarim ming marta muvaffaqiyatsizlikka uchragani, ammo shunda ham izlanishlarda davom etganini aytdi, bu yoshlarimizga ulkan motivatsiya boʻladi, deb hisoblayman”, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori Olimjon Toʻychiyev.

 

Maʼruzada, shuningdek, elektromobillar borasida ham soʻz yuritilib, Hiroshi Amano hozirda mavjud elektromobillardan bir necha marotaba samarali yangi avlod  elektr mobillar ustida ish olib borayotganini aytgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//