Oʻzbekistonda koronavirus statistikasi keskin oshdi

Saqlash
15:18 / 07.01.2022 808 0

Oʻzbekistonda koronavirusdan kasallanish soni keskin ortdi. Kecha yurtimizda 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan soʻng ilk oʻlim holati qayd etildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

2022-yil 6-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199758 (+251) nafarni tashkil etmoqda.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

 

1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida;

 

9 nafari Andijon viloyatida;

 

4 nafari Buxoro viloyatida;

 

8 nafari Jizzax viloyatida;

 

3 nafari Navoiy viloyatida;

 

3 nafari Namangan viloyatida;

 

36 nafari Samarqand viloyatida;

 

1 nafari Sirdaryo viloyatida;

 

2 nafari Surxondaryo viloyatida;

 

5 nafari Fargʻona viloyatida;

 

12 nafari Xorazm viloyatida;

 

47 nafari Toshkent viloyatida;

 

120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

 

Andijon viloyatida 11 nafar;

 

Buxoro viloyatida 4 nafar;

 

Jizzax viloyatida 5 nafar;

 

Navoiy viloyatida 2 nafar;

 

Surxondaryo viloyatida 2 nafar;

 

Fargʻona viloyatida 1 nafar;

 

Xorazm viloyatida 11 nafar;

 

Toshkent viloyatida 13 nafar;

 

Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 196851 (+93) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//