Oliy sud 120 kishini oqladi. Ular orasida Buxoro amirining yaqin qarindoshlari ham bor

Saqlash
23:54 / 06.01.2022 943 0

Oliy sud binosida bugun 6-yanvar kuni mustabid sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 120 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari koʻrib chiqildi.

 

Maʼlum qilinishicha, sud davomida muftiy Sadriddinxon Sharifxoʻjayev, Mirzo Ibrohim miroxoʻr Ismoilov rahbarligida 40 dan ortiq Buxoro amirining amakisi, kuyovi, taniqli dodxohlar, sobiq harbiylar, qozi va ulamolar, Muhammad Siddiq Mansurbekov (Sagʻir boyvachcha) kabi fargʻonalik, Togʻay Amin Safarov, Doʻstyor jivachi Moʻminov, Rahmatulla Bekboʻtayev kabi qashqadaryolik bobolarimiz, jami 120 nafardan ortiq qatagʻon qurbonlari ishi koʻrib chiqilgan.

 

Ularga sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda urushni eʼlon qilish hamda sovet davlatiga qarshi kurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etish, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda kabi ayblovlar qoʻyilgan va ogʻir jazolarga hukm qilingan.

 

Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida 2021-yil dekabr oyida kelib tushgan bir guruh shaxslarga nisbatan 6 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 120 nafar shaxs oqlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//