Jamiyat
Temir yoʻl chiptalarini almashtirish tizimi 7-yanvardan boshlanadi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
«2021/2022 oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.
Shu bois temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi. Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, chiptalarni almashtirish tizimi 2022-yil 7-yanvar kuni soat 00:01 daqiqadan faoliyatini boshlaydi. Talabalar va oʻquvchilar chiptalarini bemalol temir yoʻl kassalariga borib almashtirib olishlari mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q