Jamiyat
Shu yilning 4-yanvar tongida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yashovchi 27 yoshli Maftuna Toshpoʻlatova birvarakayiga 3 nafar egizakning onasiga aylandi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasining akusherlik kompleksida chaqaloqlarning sogʻlom tugʻilishi uchun alohida mutaxassislar va zarur tibbiy jihozlar hozirlandi.
Kesarcha usulida, asoratsiz oʻtkazilgan tugʻruq amaliyoti natijasida 2,9 va 2 kilogrammlik ikki nafar qizaloq hamda 3 kilogrammlik oʻgʻil bola dunyoga keldi. Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qoʻyildi.
Ayni paytda goʻdaklarning ahvoli qoniqarli. Shifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishiga bosh-qosh boʻlib turibdi.
«Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi egizaklar va onaning salomatligini alohida nazoratga oldi.
Shuningdek, vazirlik bugun oʻz tavallud kunini nishonlaydigan Maftuna Toshpoʻlatova va uning oilasiga sovgʻalar, xususan, farzandlar parvarishi va ularning sogʻlom ulgʻayishi uchun zarur boʻladigan jihozlar, gigiyena hamda ozuqa vositalari topshirdi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q