Jamiyat
Qashqadaryo viloyatidan chiqarilmayotgan chigit muammosiga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi munosabat bildirdi.
Qayd qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ushbu holat nazoratga olingan boʻlib, chigitni «Umakay» postidan oʻtkazilmayotganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimiyati va Qashqadaryo viloyati IIBga soʻrovnoma yuborilgan.
Xabarda taʼkidlanishicha, 2020-yilda ham 3 ta viloyatda bu kabi holat kuzatilgan. Qoʻmita tomonidan 2020-yil 27-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobat toʻgʻrisidagi qonunining 12 moddasi talablari buzilganligi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyat hokimliklariga hamda ushbu viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qoʻmita tomonidan ish qoʻzgʻatilgan.
Qonunchilik talablari buzilgani tasdiqlangach, hokimliklarga va viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qoʻmitaning qarori qabul qilingan va koʻrsatmasi berilgan.
“Shunga qaramay, Qashqadaryo viloyatida bu kabi holat qayta kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Qoʻmitaga ham murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar Jismoniy va yuridik shaxslarning hamda Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari doirasida chora koʻrish uchun oʻrganilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q